Xabaringiz bor 12 may, Amerikaning Nyu-York shtatida o`zbek estradasining bir necha mashhur xonandalari ishtirokida konsert dasturi bo`lib o`tishi kerak edi...
Unda O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artistlar Ziyoda Qobilova, Rayhon G`anieva va xonanda Shoxruhxon ishtirok etishi e`lon qilingan.
Kecha, Rayhon o`zining instagramdagi sahifasida bu konsertda qatnasha olmasligini ma`lum qildi.
“Ming afsuski, Amerika elchixonasi menga viza berishmadi. 2009 yil Amerikaga borganimda, u erdagi hamyurtlarimiz mendan qo`shiq kuylab berishimni iltimos qilishganda, rozi bo`lgan edim. Bepul. Aslida, bunday bepul xizmatlarni ham avvaldan ogohlantirib, elchixonadan “ish yuzasidan olinadigan viza” bilan chetga chiqish kerak ekan.
O`sha payt, Vatandoshlarimizni iltimosini rad etmaslik uchun qilgan harakatimizni noqonuniy, deb baholashib, bu yil menga viza berishmadi.
Shuning uchun ham 12 may konsertda men bo`lmayman. Ziyoda va Shoxruhxonga esa omad tilayman", - deydi Rayhon.