Joriy yil 14 may kuni Toshkentda “O`zbekiston va Xitoy: “Bir makon, bir yo`l” tashabbusini hamkorlikda amalga oshirish istiqbollari” mavzusida xalqaro konferensiya o`tkaziladi, deb xabar bermoqda O`zA.
Mazkur anjuman O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Shanxay ijtimoiy fanlar akademiyasi va O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
Tadbirda O`zbekiston bilan Xitoy o`rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni “Bir makon, bir yo`l” tashabbusi doirasida rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.
Konferensiya ishida Xitoyning etakchi tadqiqot markazlari ekspertlari, xorijiy diplomatik muassasalar rahbarlari, tegishli vazirlik va idoralar hamda jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etadi.
10.05.2018 12:36
Toshkentda “Bir makon, bir yo`l” tashabbusi doirasida xalqaro konferensiya bo`lib o`tadi






