1

Shavkat Mirziyoevning AQShga tashrifini O`zbekistondan 80ga yaqin jurnalist yoritadi

Siyosat 11.05.2018, 14:27
Shavkat Mirziyoevning AQShga tashrifini O`zbekistondan 80ga yaqin jurnalist yoritadi

Prezident Shavkat Mirziyoevning AQShga ilk rasmiy tashrifini yoritish uchun O`zbekistondan 80 ga yaqin ommaviy axborot vositalari xodimlari jalb etilgan, deb ma`lum qildi prezident matbuot kotibi Komil Allamjonov o`zining Facebookdagi sahifasida.

"Tashrifni yoritish uchun O`zbekistondan 80 ga yaqin ommaviy axborot vositalari xodimlari jalb etilgan. Prezident Matbuot xizmati bu voqelik haqida batafsil axborot va media materiallar berib boradi. Tegishli masalalar bo`yicha presidents_office@press-service.uz elektron pochta yoki ushbu sahifaga murojaat qilishingiz mumkin", — deb yozadi Allamjonov.

Shavkat Mirziyoev 15-17 may kunlari Amerika Qo`shma Shtatlariga ilk rasmiy tashrif bilan boradi. Oq uy veb-saytida bu tashrif tarixiy deb atalgan.

Tramp Mirziyoevni 2017 yil dekabrida bo`lib o`tgan telefon orqali o`zaro muloqotda AQShga taklif qilgan edi. Mart oyida yo`llagan maktubida esa O`zbekiston prezidentining tashrifini "sabrsizlik bilan kutayotganini" ma`lum qilgandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1