AsosiyDunyo

“Evrovidenie” finalidagi kutilmagan hodisa (Video)

'“Evrovidenie” finalidagi kutilmagan hodisa (Video)'ning rasmi

Noma`lum shaxs “Evrovidenie” tanlovining finalida ishtirok etayotgan Buyuk Britaniya vakilasining chiqishini yo`qqa chiqarmoqchi bo`ldi, deya xabar bermoqda RIA Novosti nashri.

Ryukzakli erkak sahnaga yugurib chiqib, qo`shiqchi SuRie qo`lidan mikrofonni tortib oldi va mikrofonda allanimalarni aytib baqira ketdi. O`sha ondayoq etib kelgan soqchilar “qo`shiqbuzar”ni qo`lini qayirib olib ketishdi. O`zini yo`qotmagan qo`shiqchi esa kuylashda davom etdi.


Boshqa yangiliklar