Moskva metrosida yo`lovchilardan biri Rosgvardiya xodimiga hazil qilmoqchi bo`ldi, deya habar bermoqda Lenta.ru nashri.
Ammo yo`lovchi hazilning tagi – zil ekanligini bilmagan edi. Voqea “Suxarevskaya” metro stansiyasida bo`lib o`tdi. Kelbatli yo`lovchi rosgvardiyachini shartta ko`tarib oldi-da, vestibyul bo`ylab yurdi.
Hozirda ushbu shaxsga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atilgan.






