“Nihol” mukofoti sovrindori Dilmurod Sultonovdan ijodiy yangiliklarning keti uzilmayapti...
“Isqoq” va “Asl san`at fidoyilari” nomli qo`shiqdan so`ng yana bir ajoyib yangilikni tayyorladi. Navbatdagi tarona “Sovchilar” deb nomlandi.
Alisher Shaydo so`zi va Sherzod Abdullaev musiqasi asosida yaratilgan qo`shiqqa trek va syujet asosida klip ham suratga olindi. Ammo bu hali hammasi emas. Xonanda yaqin kunlarda katta sirlardan biri oshkor bo`lishini ma`lum qildi.
— Ustoz san`atkor Ozoda Saidzoda bilan hamkorlik qilayapmiz. Ammo sirni oldindan oshkor etish niyatim yo`q. Bo`lmasa, qizig`i qolmasligi aniq. – deydi xonanda Dilmurod Sultonov. — Aminmanki, bu yangilik ko`pchilikka ma`qul bo`ladi.
Kim bilsin, xonanda oshkor etishni istamagan yangiligi duetdir yoki Ozoda Saidzoda yosh ijodkorning qo`shig`iga musiqa bastalab berdimikan?!






