Farg`ona viloyatida xorijiy investorlar ishtirokidagi 127 korxona faoliyat ko`rsatmoqda. Joriy yilning birinchi choragida 12 yangi xorijiy korxona tashkil etilib, 1 ming 100 dan ziyod yangi ish o`rinlari yaratildi, deya xabar beradi O`zA.
Dang`ara tumanida yuzdan ziyod korxona faoliyat ko`rsatmoqda. Joriy yilning birinchi yarmida ushbu korxonalar tomonidan 103 million dollarlik mahsulot eksport qilindi.
Ip-kalava ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Muzaffar TEX” O`zbekiston-Buyuk Britaniya qo`shma korxonasida 2013 yilda 7 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarilib, 828 ming dollarlik mahsulot eksport qilindi. Joriy yilda eksport hajmini 1 million dollarga etkazish rajalashtirilgan.
“Ventus Alyans plyus” mas`uliyati cheklangan jamiyati tomonidan ishlab chiqarilayotgan quruq mevaga Evropaning o`ndan ziyod mamlakatlaridan buyurtmalar kelib tushayotgani diqqatga sazovor. Joriy yilning o`tgan davrida korxona yorlig`i tushirilgan 24 million dollarlik mahsulot eksport qilindi.