AsosiySiyosat

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri o`rinbosari bilan uchrashdi

'O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri o`rinbosari bilan uchrashdi 'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 15 may kuni London shahri aeroportida qisqa texnik to`xtash davomida Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Alan Dunkan bilan uchrashdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat davomida davlatimiz rahbari ikki tomonlama hamkorlik borasida mavjud ulkan salohiyatni samarali ro`yobga chiqarish muhim ekanini alohida ta`kidladi.

Turli darajalardagi muloqotlarni jadallashtirish, amaliy hamkorlikni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, innovasion, moliyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi qo`shma dastur va loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e`tibor qaratildi.

Tashqi ishlar vaziri o`rinbosari davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevga Buyuk Britaniya Bosh vaziri Tereza Meyning salomi va ezgu tilaklarini etkazdi.

Alan Dunkan mamlakatimizda yangi bosqichda amalga oshirilayotgan islohotlarga, O`zbekistonning mintaqada xavfsizlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta`minlashga qaratilgan faol sa`y-harakatlariga, jumladan, joriy yil mart oyida Toshkent shahrida Afg`oniston bo`yicha xalqaro konferensiya muvaffaqiyatli o`tkazilganiga yuksak baho berdi.

Buyuk Britaniya davlatlarimiz o`rtasidagi keng ko`lamli hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekani qayd etildi.
Londondagi texnik to`xtashdan so`ng Prezidentimiz AQShga jo`nab ketdi.

    Boshqa yangiliklar