#UzbUsa2018: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Amerika Qo`shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan 15-17 may kunlari AQShda bo`ladi.
O`zbekiston va AQSh rahbarlari uchrashuvi oldidan kuni kecha Vashintongdagi nufuzli Atlantika Kengashida kechgan forumda Toshkentdan kelgan delegasiya respublika islohotlar davrida Amerika bilan mustahkam hamkorlikni yo`lga qo`yish ekanini bildirdi. Oq uy rasmiysi Liza Kurtisga ko`ra, AQSh O`zbekistonni qo`llab-quvvatlashga tayyor.






