1

Ikki davlat rahbari asosiy e`tiborni savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratdi

Siyosat 17.05.2018, 06:55
Ikki davlat rahbari asosiy e`tiborni savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratdi

Prezident Shavkat Mirziyoev va Prezident Donald Tramp muzokaralarni ikki mamlakat delegasiyalari ishtirokida davom ettirdilar. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Unda asosiy e`tibor savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratildi. Vazirlik va kompaniyalar, ishbilarmon doiralar o`rtasidagi aloqalarni faollashtirish, yuqori texnologiyalar, savdo-sanoat, yoqilg`i-energetika, transport va boshqa sohalarda qo`shma investisiyaviy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Savdo sohasida eng ko`p qulaylik yaratish tartibi joriy qilinganiga qaramay, o`zaro tovar ayirboshlash hajmi imkoniyat darajasida emas. 2017 yilda bu ko`rsatkich 210 million dollardan biroz oshgan. Amerikadek rivojlangan va O`zbekistondek rivojlanayotgan mamlakat iqtisodiyoti aslida bundan ancha ko`prog`iga qodir.

Prezidentimiz ikki tomonlama hamkorlikning shu kabi jihatlarini tahlil qilib, foydalanilmayotgan imkoniyatlarni, o`zaro manfaatli va istiqbolli tarmoqlarni ko`rsatib o`tdi.

O`zbekistonda xorijiy valyutalar konvertasiyasi ochilgani, yangi va zamonaviy investision muhit yaratilgani, to`g`ridan-to`g`ri sarmoyalar davlat tomonidan kafolatlanishi ta`kidlandi. Mamlakatimizda yuqori texnologiyali loyihalarni amalga oshirish uchun AQShning yirik kompaniyalari sarmoya va texnologiyalarini jalb qilishga kelishib olindi.

Muzokaralar so`ngida Prezident Donald Tramp Prezident Shavkat Mirziyoevni kuzatib qo`ydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1