1

Prezident Vashingtondagi san`at galereyasini ko`zdan kechirdi

Siyosat 17.05.2018, 07:19
Prezident Vashingtondagi san`at galereyasini ko`zdan kechirdi

O`zbekiston Prezidenti tashrifi arafasida Vashingtondagi Artur Sakler galareyasida o`zbek atlasi va adrasi ko`rgazmasi ochilgan edi.

Davlatimiz rahbari mazkur ko`rgazma bilan tanishdi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.

Ushbu galereya Sharq san`ati muxlisi bo`lgan Artur Sakler tomonidan tashkil etilgan. Bu erda Sharq mamlakatlari, jumladan, Markaziy Osiyo xalqlari san`ati namunalari namoyish etib kelinadi.

Shu kunlarda davom etayotgan ko`rgazmada Garvard universiteti olimi Guido Goldman tomonidan to`plangan qadimiy atlas va adras kiyimlar, amerikalik dizayner Oskar de la Renta tikkan shunday liboslar namoyish etilmoqda.

Shavkat Mirziyoev muzeyning Markaziy Osiyo bo`limidagi miniatyura va qo`lyozmalarni ko`zdan kechirdi, o`zbek amaliy san`ati buyumlari tarixi bilan qiziqdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1