1

O`zbekiston va AQShning etakchi korxonalari orasida bir qator muhim shartnomalar imzolandi

Siyosat 17.05.2018, 07:30
O`zbekiston va AQShning etakchi korxonalari orasida bir qator muhim shartnomalar imzolandi

Joriy yilning 15 may kuni O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning AQShda bo`lib o`tayotgan tashrifi davomida O`zbekiston va AQShning etakchi korxonalari orasida "White & Case" kompaniyasi ofisida bir qator muhim shartnomalar imzolandi.

Xususan, imzolangan shartnomalar orasida quyidagilar bor:

1. «O`zbekenergiya» AJ va «General Electric Gas Power Services» o`rtasida:

Toshkent TES hududida qo`shma korxonalar asosida elektr-energiyasini ishlab chiqarish uchun texnologiyalarni tanlash to`g`risidagi bitim;

Toshkent yoki Surxondaryo viloyatida yuqori ko`mir yoqilg`isini yoqish natijasida elektr-energiyasini ishlab chiqarish va texnoligiyani tanlash bo`yicha kelishuv;

2. «O`zbekneftgaz» OAJ «General Electric» o`rtasida:

Gazni tashish tizmini texnik qayta jihozlash va rivojlantirish bo`yicha loyihani amalga oshirish uchun moliyalashtirishni jalb qilish maqsadida hamkorlik to`g`risidagi o`zaro anglashuv memorandumi;

O`zbekistonda yagona xizmat markazini yaratish doirasida «General Electric» ning turbo texnikasini ta`mirlash va ta`mirlash usullarini mahalliylashtirish imkoniyatlarini o`rganish bo`yicha hamkorlik bitimi;

«O`zbekneftgazdobicha» ochiq aksiyadorlik jamiyati gaz-kompressor va gaz-turbin uskunalarini birgalikda texnik audit qilish bo`yicha hamkorlik to`g`risidagi bitim.

3. «Jizzax Petrolium» va «Honeywell UOP» o`rtasida:

«Stroitelstvo NPK Djizakskoy oblasti» loyihasini amalga oshirish bo`yicha shartnomalar (texnikalarni lisenziyalash bo`yicha);

«O`zbekneftgaz» ochiq aksiyadorlik jamiyati raisi Bahodir Siddiqov va «Exxon Mobil» kompaniyasi vise-prezidenti Shuan Smit o`rtasidagi kelishuv:

Farg`ona neftni qayta ishlash zavodida bazaviy moylarni ishlab chiqarishni tashkil etishda hamkorlik to`g`risidagi memorndum (lesenziat va uskunalar etkazib beruvchi sifatida).

4. «Dori Darmon» AJ va «United Investment Healthcare Group LLC» o`rtasida:

«Dori Darmon» aksiyadorlik jamiyati va « United Investment Healthcare Group LLC» MChJ o`rtasidagi anglashuv memorandumi.

5. «O`zbekneftgaz» OAJ va «Honeywell UOP» o`rtasida:

Metandan olefinlarni va ular asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish to`g`risida o`zaro anglashuv memorandumi.

«UOP" kompaniasining «Separex» texnologiyasidan foydalangan holda gazni qayta ishlash jarayonini modernizasiya qilish loyihasi doirasida hamkorlik bo`yicha o`zaro anglashuv memorandumi.

SCADA hamkorlik to`g`risidagi o`zaro anglashuv memorandumi.

6. «VMV Trade» MChJ va «Silverlate Capital» o`rtasida:

Jizzax viloyatida agrosanoat tashkil etish to`g`risidagi bitim;

7. «Uz-American Trade Sorp. » savdo uyi va «Golden Natural Group» o`rtasida:

AQShga o`zbek quritilgan mevalari va to`qimachilik mahsulotlarini eksport qilish to`g`risidagi shartnoma.

8. «Uzbekenergo» AK va «SkyPower Global» o`rtasida:

«O`zbekistonda qo`yosh elektr-energiyasini qurish» loyihasini rivojlantirish to`g`risida.

9. O`zbekiston Adliya vaziri Ruslan Davletov va hamkor kompaniya «Baker & McKenzie» o`rtasida:

Sohada tajriba almashish, huquqshunoslik va kadrlar malakasini oshirish masalalari bo`yicha kelishuv.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1