1

O`zbekiston va AQSh o`rtasida erishilgan kelishuvlar yuksak baholandi

Siyosat 17.05.2018, 07:42
O`zbekiston va AQSh o`rtasida erishilgan kelishuvlar yuksak baholandi

O`zbekiston delegasiyasining Amerika Qo`shma Shtatlariga rasmiy tashrifi munosabati bilan “Villard interkontinental” mehmonxonasida uchrashuv bo`lib o`tdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Unda ikki mamlakat rasmiy delegasiyasi a`zolari, vazirlik va kompaniyalar rahbarlari, biznes va ilmiy doiralar vakillari ishtirok etdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Prezident Donald Tramp bilan muloqoti o`zaro ishonch va hurmat, bir-birining manfaatlarini hisobga olish ruhida o`tganini alohida ta`kidladi.

“Biz bu tarixiy tashrifni keyingi ikki yil mobaynida misli ko`rilmagan sur`atlar bilan rivojlanib borayotgan O`zbekiston – AQSh hamkorligining mantiqiy davomi, deb bilamiz. Garchi mamlakatlarimiz geografik nuqtai nazardan bir-biridan olisda joylashgan bo`lsa-da, mehnatsevarlik, bag`rikenglik va vatanparvarlik kabi qadriyatlar xalqlarimizni birlashtirib turadi” dedi davlatimiz rahbari.

O`zbekiston va AQSh o`rtasida iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlik kengayayotgani ta`kidlandi. Kuni kecha ikki mamlakat kompaniyalari o`rtasida qariyb 4,8 milliard dollarlik yangi shartnomalar imzolangani yuqori baholandi.

Uchrashuvda davlatimiz rahbari O`zbekiston tarixini chuqur o`rganib, butun dunyoda keng targ`ib etayotgan Frederik Starr va barcha amerikalik olimlarga tashakkur izhor etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1