Kann kinofestivalining qizil yo`lakchasida mashhur yulduzlarning chiqishi har yili katta qiziqish bilan kutiladi.
Bu yil ham 44 yoshli Bollivud yulduzi Ayshvariya Ray o`zgacha ko`rinishda namoyon bo`lib, hammani hayratga soldi.
Aktrisa qizil yo`lakda naqshli, shleyfi uch metr bo`lgan ko`ylakda tovusdek tovlandi.
Ushbu kuylakning dizayneri Maykl Sinko bo`lib, kuylaknin tikish uchun 3 000 soat vaqt sarfladi.
Ayshvariya Rayning kuylagi Swarovski toshlar bilan bezalgan edi.
O`tgan yili Ayshvariya Rayning havorang muhtasham ko`ylakdagi dabdabali chiqishi ham hammani lol qoldirgan edi.