1

Donald Tramp rafiqasi bilan Prezident Mirziyoev va Birinchi xonim​ga o`z minnatdorchiligini bildirdi

Siyosat 17.05.2018, 20:52
Donald Tramp rafiqasi bilan Prezident Mirziyoev va Birinchi xonim​ga o`z minnatdorchiligini bildirdi

Bugungi oqshomda Prezident Shavkat Mirziyoev va uning rafiqasi Ziroat Mirziyoeva mezbonlik qilayotgan qabul marosimida ishtirok etayotganlarga o`z salomlarimni yo`llayman.

Amerika xalqi nomidan Prezident Mirziyoevga uning Oq uyga amalga oshirgan tarixiy tashrifi uchun minnatdorlik bildiraman. Markaziy Osiyoda murakkab masalalar va hamkorlik bo`yicha yangi imkoniyatlar paydo bo`layotgan bir paytda muloqotimiz strategik sherikligimizni yangilashga yordam berdi. Men Amerikaning mintaqadagi ta`minot yo`llarini qo`llab-quvvatlash uchun Prezident Mirziyoev tomonidan amalga oshirilayotgan sa`y-harakatlar va Afg`oniston bilan aloqalarni yaxshilashga qaratilgan iqtisodiy loyihalarni sarmoyalashga bo`lgan safarbarligi uchun u rahbarlik qilayotgan mamlakatga hurmatimni izhor qilaman.

Prezident Mirziyoev meni ishontirib ta`kidladiki, O`zbekistonda katta maqsadlarni ko`zlovchi islohotlar dasturi bardavom va muqarrardir. Men aminmanki, Prezidentning inson huquqlarini himoya qilishga qaratayotgan e`tibori uning xalqi hayotini yanada ulkan farovonlik va barqarorlikka etaklaydi. Birgalikda biz O`zbekistonda hisobdorlik va shaffoflik masalalarini yanada yaxshilay olamiz. Bu esa Amerika kompaniyalarining faoliyati uchun zamin hozirlab, mamlakatlarimizdagi bandlikni oshirishga yordam beradi.

Melaniya va men Prezident Mirziyoev va Birinchi xonim Ziroat Mirziyoevaga Amerika Qo`shma Shtatlariga qilgan unutilmas tashriflari uchun chin dildan minnatdorchilik bildiramiz. Bilaman, bu yangilangan hamkorligimiz va bizning ikki mamlakat oldidagi yanada yorqin kelajakning boshlanishi xolos.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1