19 yashar do`kon xodimasi o`zining ish vaqtini tugatib, qorong`u tor ko`cha bo`ylab uyiga qaytayotgan edi, deya yozmoqda Layf nashri.
Shu payt unga noma`lum erkak hujum qiladi. Bosqinchim qarshilik ko`rsatgan qizning yuziga pichoq sanchib qo`yadi.
Suratlarda voqea joyi – Malayziyaning Penangesida yanog`iga tig` sanchilgan qizning sabot ila polisiya xodimlarini kutib o`tirganini ko`rish mumkin. Jabrdiyda qiz shifoxonaga borguncha qadar hushini yo`qotmagan.
Polisiya xodimlari videokuzatuv yozuvlarini tekshirib, qizni savolga tutishdi. Uning aytishicha, bosqinchi baquvvat tana tuzilishiga ega bo`lgan.