Yoqutistonning Deputatskiy aeroportida favqulodda hodisa yuz berdi, deya xabar qilmoqda Layf nashri.
50 yoshli yo`lovchi nazoratdan o`tish payti qo`lga olindi. Aeroport xodimlari undan Benelli quroli va travmatik to`pponchani tortib olishdi.
Qurol bilan samolyotga chiqish mumkin emasligini bilgan erkak g`azabini yashirib turolmadi. U polisiyachilarni haqoratlab, kichik inspektorga tashlanadi.
Hozirda qonunbuzarga nisbatan jinoiy ish qo`zg`algan.






