Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoev Ulug`nor tumanida bo`lib o`tgan yig`ilishda ma`lum qildi.
«Viloyatda joriy yilda 25 mingta ish o`rni yaratish nazarda tutilgani bizni mutlaqo qoniqtirmaydi. Chunki ishsizlar soni bundan yuqori.
Hokimlar, sektorlar rahbarlari investisiya va texnologiya olib kelib, sanoat va xizmat ko`rsatish korxonalarini tashkil etishga, shu orqali odamlarni ish bilan ta`minlashga ko`mak berishi kerak» dedi Shavkat Mirziyoev.
Davlatimiz rahbari tashrifi arafasida maxsus Ishchi guruh tomonidan mavjud imkoniyatlarni keng safarbar qilish hisobiga 51 mingdan ziyod ish o`rni yaratish bo`yicha reja ishlab chiqilgani qayd etildi.






