AsosiySport

“Real Madrid” vakillari Toshkentda

'“Real Madrid” vakillari Toshkentda'ning rasmi

“Qirollik klubi”da faoliyat yuritayotgan murabbiylar O`zbekistonga olib kelinadimi?

2018 yilning yanvar oyida O`zbekiston milliy olimpiya qo`mitasi prezidenti va O`zbekiston futbol federasiyasi 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov Ispaniyaga tashrif buyurib, “Real Madrid” klubi akademiyasi direktori Xulio Ronko bilan o`zaro hamkorlik bo`yicha kelishuvga erishgan edi.

Ushbu kelishuvga asosan, bugun 22 may kuni yurtimizga “Qirollik klubi” akademiyasining menejerlari Andres Antonio hamda Xuan Pablo tashrif buyurishdi.

O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasida ispaniyalik mutaxassislar MOQ prezidenti va O`FA birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov bilan uchrashdi. Uchrashuvda “Qirollik klubi”ning Real Madrid Foundation Clinic dasturi asosida “Real Madrid”da faoliyat yuritayotgan murabbiylarni O`zbekistonga olib kelish, ular ishtirokida futbol maktablarimizda mashg`ulotlar o`tkazish, futbolchilar bilan ishlash jarayonlari haqida o`z tajribalari bilan o`rtoqlashish masalalari muhokama qilindi.

Umid Ahmadjonov Ispaniya futboli bugungi kunda butun jahonda o`z o`rniga ega ekanligi, O`zbekistonda ham Ispaniya futboli andozalari asosida ish olib borish yo`lga qo`yilishini ma`lum qildi. Shuningdek, “Real Madrid” akademiyasidan tashrif buyuradigan mutaxassislar uchun O`FA tomonidan barcha shart-sharoitlar muhayyo qilinishi, asosiy maqsad “Qirollik klubi” akademiyasi ish tajribasini o`rganish, u erda faoliyat olib borayotgan mutaxassislardan yurtimizda futbolni rivojlantirish borasida tegishli maslahatlar olish ekani ta`kidlandi.

O`z o`rnida, Andres Antonio O`zbekistonga tashrif buyurganidan juda xursand ekanini, O`zbekiston futbol assosiasiyasi bilan hamkorlikni yo`lga qo`ygan holda, bu erda futbolning rivojiga hissa qo`shishga tayyor ekanliklarini ma`lum qildi.

O`z.A

    Boshqa yangiliklar