AsosiySiyosat

Tojikiston respublikasi ichki ishlar vaziri O`zbekistonga keldi

'Tojikiston respublikasi ichki ishlar vaziri O`zbekistonga keldi'ning rasmi

Bugun Tojikiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi delegasiyasi O`zbekistonga keldi. Bu haqda IIV rasmiy sayti xabar bermoqda.
Ayni damda tashrif doirasida “Hayatt Regency Tashkent” mehmonxonasining konferensiyalar zalida O`zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri general-mayor Po`lat Bobojonov va Tojikiston Respublikasi ichki ishlar vaziri milisiya general-polkovnigi Ramazon Xamro Raximzoda bilan rasmiy uchrashuv bo`lib o`tmoqda.

Uchrashuvda terrorizm, ekstremizmning turli ko`rinishlari, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, noqonuniy migrasiya, odam savdosiga qarshi kurashish, tezkor axborot almashishni faollashtirish yuzasidan o`zaro manfaatli hamkorlik qilish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

O`zA

    Boshqa yangiliklar