Ayni kunlarda duyoning ko`plab hududlarida mavsumiy yog`ingarchilik va suv toshqinlari kuzatilmoqda, deb xabar qilmoqda Rambler nashri.
Somaliga yopirilgan Sagar tropik sikloni mamlakat bo`ylab tinimsiz yog`ingarchilikni keltirib chiqarmoqda. Mamlakat poytaxti Mogadisho ko`chalarida yomg`ir tufayli suv toshqinlari kelib chiqdi.Toshqin bir nechta avtomobillarni oqizib ketgan. Baki shahrida esa 15 nafar inson tabiy ofat qurboniga aylangan.
Daryo bo`lib oqayotgan loyqa suv o`zi bilan chiqindilarni ham olib kelmoqda. To`planib qolgan kir suvlvrda bolalar o`ynashmoqda. Bu esa turli yuqumli kasalliklarning keltirib chiqarishi mumkin. Bundan tashqari, suv toshqini yo`l va qishloq xo`jali infratuzilmasiga katta zarar etkazgan. Bu esa minglab insonlarning turmush tarziga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda





