1

Sankt-Peterburgda O`zbekiston madaniy merosini saqlash bo`yicha Ikkinchi Xalqaro kongress bo`lib o`tadi

Madaniyat 24.05.2018, 12:22
Sankt-Peterburgda O`zbekiston madaniy merosini saqlash bo`yicha Ikkinchi Xalqaro kongress bo`lib o`tadi

2018 yilning 6-8 iyun kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida “O`zbekiston madaniy merosi-xalqlar va mamlakatlar o`rtasidagi muloqotga yo`l” Ikkinchi Xalqaro Kongressi bo`lib o`tadi.

Kongress O`zEOAVMA va O`zbekiston OAV lari tomonidan “O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” Xalqaro multimedia loyihasi doirasida bo`lib o`tadi. Mazkur kongressda 200 nafardan ortiq olimlar, ekspertlar, diplomatlar, davlat va jamoatchilik arboblari, xalqaro tashkilotlar, 30 dan ortiq davlatlarning OAV vakillari ishtirok etishadi. Kongress ishiga O`zbekiston. Avstriya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Eron, Rossiya, Polsha. Fransiya, Turkiya, Chexiya, Shvesiya, Yaponiya va yana bir qancha mamlakatlar yirik muzeylarining diretorlari, rahbarlari, YuNESKO, ISESCO, IRSICA, ICOMOS vakillari, dunyoga mashhur akademiklar, professorlar, fan doktorlari jalb etiladi.

Kongressning asosiy tadbiri Rossiya Fanlar akademiyasining M.Gorkiy nomli olimlar Uyida bo`lib o`tadi. Yalpi majlis O`zbekistonga oid arxeologiya, tarix, sharq qo`lyozmalari, numizmatika, to`qimachilik, amaliy san`at va rassomlik bo`yicha 7 ta seksiyadan iborat bo`lgan ilmiy munozarani o`z ichiga oladi.

Kongress doirasida Rossiya etnografik muzeyida, Rossiya Fanlar Akademiyasidagi Sharq qo`lyozmalari institutida, Kunstkamerada, Rossiya Milliy kutubxonasida, Din tarixi Davlat muzeyida, Rossiya Fanlar Akademiyasi qoshidagi rus adabiyoti instituti (Pushkin uyi)da O`zbekiston san`ati va madaniy merosiga bag`ishlangan ko`rgazmalar bo`lib o`tadi

“O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” seriyasidan — “Germaniya muzeyi to`plami” (Berlin, Bamberg, Drezden, Gamburg, Leypsig, Lyubek, Shtutgart, Xernxut); “Din tarixi davlat muzeyi to`plami” (Sankt-Peterburg); “O`zbekiston Davlat san`at muzeyi to`plami” (Toshkent); “O`zbekiston gilamdo`zligi: asrlar osha saqlangan an`analar” (O`zbekiston, Rossiya, Ispaniya, AQSh, Kanada); “Dalvat Ermitaji to`plamidagi Movarounnahr san`ati.2-qism”(Sankt-Peterburg) kabi 5 tomlik kitob-albomlarning taqdimot marosimlari o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Rossiya. Buyuk Britaniya, Hindiston, Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Chexiya muzeylarida saqlanayotgan O`zbekistonning tarixiy meroslariga bag`ishlangan yangi hujjatli filmlar ham namoyish etiladi.

Bundan tashqari, ishtirokchilar loyiha doirasida chop etilgan “O`zbekistonning me`moriy epigrafikasi” nomli 13 tomlik kitob bilan tanishishadi.

Buyuk Britaniya muzeyi to`plamlarida saqlanayotgan “Zafarnoma” qo`lyozmasining faksimil nusxasi taqdimoti ham bo`lib o`tishi rejalashtirilgan.

Kongress ishtirokchilarini qiziqarli va mazmunlimadaniy dastur kutmoqda. Niva bo`ylab teploxodda sayr uyushtiriladi. Park Inn “Pribaltiyskaya” mehmonxonasida bo`lib o`tadigan tantanali kechki ovqatda afsonaviy “Yalla” guruhi ishtrokchilarning dillarini o`z qo`shiqlari bilan xushnud etadi. Dasturxonga o`zbek oshxonasiga tegishli milliy taomlar tortiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1