1

Aktyor Matyoqub Matchonov yangi uyushmaga rais etib tayinlandi

Madaniyat 24.05.2018, 16:43
Aktyor Matyoqub Matchonov yangi uyushmaga rais etib tayinlandi

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist, "Do`stlik" ordeni sohibi Matyoqub Matchonov O`zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasiga rais etib tayinlandi. Bu haqda “Xalq so`zi” nashri “O`zbekkino”ning feysbukdagi sahifasidagi ma`lumotga asoslanib, xabar bergan.

Ma`lumot uchun, Uyushma O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 avgustdagi “Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3176-sonli qaroriga asosan qayta tashkil etilgan.

Uyushmaning asosiy vazifalari milliy kinematografiya yo`nalishlarini belgilash, yangi badiiy jamoalar tuzish, boy an`analarga tayangan holda jahon andozalari darajasidagi zamonaviy milliy kino san`ati maktabini yaratish, O`zbekiston kino san`atini mamlakatimizda va chet ellarda targ`ib etish, xorijiy kino ustalari bilan ijodiy aloqalarni o`rnatish va kengaytirish, milliy va xalqaro kinofestivallarida ishtirok etish hamda ularni tashkil etish, kino sohasida ijtimoiy madaniy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar va boshqa tadbirlarni tashkil qilishdir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1