AsosiyDunyo

Moskvada jamoat transportining yangi ko`rinishi yo`lga qo`yiladi

'Moskvada jamoat transportining yangi ko`rinishi yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

Moskva metrosining «Sxodnenskaya» va «Rechnoy vokzal» bekatlarini bog`lab turuvchi zamonaviy osma yo`llar uch yil davomida jamoat taransportiga aylanishi rejalashtirilmoqda, deya aytib o`tdi Natalya Sergunina 24-26 may kunlari o`tkazilayotgan Peterburg xalqaro iqtisodiy forumda (PMEF-2018).

Sergunina bunday havo yo`li loyihasini Davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida amalga oshirish taklif etilayotganini ta`kidlagan.

Uning so`zlariga ko`ra, yangi transport vositasining qurilishidagi investisiyalarning taxminiy miqdori 4 mlrd. rublni tashkil etadi.

Transportning yangi qulay ko`rinishi Ximkinsk suv ombori ajratib turgan ikki hududni birlashtirib,borish vaqtini 45 daqiqadan 7 daqiqagacha qisqartiradi. U kun davomida 19 ming nafar yo`lovchini tashishga mo`ljallangan. To`lovlar karta orqali amalga oshiriladi.

Moskva iqtisodiy siyosati va rivojlanishi departamenti rahbari Vladimir Efimovning aytishicha, bunday tashabbus shahar aholisida katta qiziqish o`yg`otadi. Shuningdek, transport bilan bog`liq muammolarni hal qiladi.

    Boshqa yangiliklar