AsosiyShou-biznes

Bollivud yulduzi yurtimizda klip suratga oldi

'Bollivud yulduzi yurtimizda klip suratga oldi'ning rasmi

Hindistonlik taniqli xonanda Arko Pravo Maxerji O`zbekistonda klip suratga oldi.

Turizmni rivojlantirish qo`mitasi tomonidan «O`zbekiston» turistik brendini dunyoga tanitish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bu ishlarning navbatdagisi hindistonlik taniqli yulduzlarning O`zbekistonda kliplar suratga olishlari bo`ldi.

altalt

O`zbekistonning Hindistondagi elchixonasi va «O`zbekkino» milliy agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida, may oyining birinchi yarmida bollivudlik mashhur yulduz Arko Pravo Mukxerji O`zbekistonda klip suratga oldirdi. Xonandaning O`zbekistonga tashrifi uning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarida yoritib borildi.

altalt

O`zbekturizm matbuot xizmati xabariga ko`ra, loyihaning galdagi mehmonlari Kanika Kapur va Meet Bros guruhlari bo`lib, ularning videokliplari internet saytlari orqali 200 milliondan ortiq marta ko`rilgan.

Boshqa yangiliklar