Ummonning Sadax shahriga yopirilgan to`fon tufayli mamlakatning yirik aeroportlaridan biri yopildi, deb xabar berdi TASS nashri.
Xabarga ko`ra, aeroport so`nggi 24 soat davomida ishlamagan va barcha reyslar bekor qilingan.Kuchli shamol turar joy binolariga va avtomobillarga zarar etkazgan.Mamlakatning ayrim joylarida favqulodda holat e`lon qilingan.
Ba`zi hududlarni suv bosishi tufayli 17 kishi halok bo`lgani xabar qilinmoqda. Ummon janubidagi qirg`oqlarda ham bo`ron ko`tarilishi haqida ma`lumot berildi.






