AsosiyDunyo

Sharqiy G`utada maktablar faoliyati tiklanmoqda

'Sharqiy G`utada maktablar faoliyati tiklanmoqda'ning rasmi

Sharqiy G`uta aholi punktlarida o`rta maktablar ochildi.

Shahar va tumanlar jangarilardan ozod etilganidan so`ng bu hududlarda boshlang`ich va o`rta maktablar faoliyat boshlagan. “Bolalar o`qishni juda sog`inishgan, ularga ta`lim berish va nimanidir o`rgatish juda yoqimli. Men oldin Xarastada ishlaganman va bu erga qaytishdan baxtiyorman” dedi, jurnalistlar bilan suhbatda, shahar ta`lim bo`limi rahbari, Axmad Said Rustom.

Avvalroq, bu hududda vaziyat izga tushayotgaii haqida ma`lum qilingandi. Ma`lumotlarga qaraganda, bu erlar jangarilardan butunlay tozalangandan so`ng 65 mingdan ortiq kishi o`z uylariga qaytgan.

    Boshqa yangiliklar