Oybek va Nigora bugun ikkinchi bor ota-onalik baxtiga muyassar bo`ldilar.
Ularning xonadonida yana bir o`g`il farzand dunyoga keldi. Bu haqda Oybek va Nigora instagramdagi sahifasida ma`lum qilganlar.
Eslatib o`tamiz, Nihol mukofoti sovrindorlari Oybek va Nigora 2016 yilning 27 avgust kuni birinchi o`g`il farzand ko`rishdi. Uning ismi Imronbek. Mazkur juftlik 2015 yilning 21 noyabrida oila qurgan edilar.
Biz ham jamoamiz nomidan ushbu yulduzli juftlikni quvonchli kun bilan tabriklaymiz, chaqaloqqa mustahkam sog`liq va uzoq umr tilab qolamiz!