AsosiyDunyo

Bag`rikeng labrador o`rdakchalarni otaliqqa oldi (Foto)

'Bag`rikeng labrador o`rdakchalarni otaliqqa oldi (Foto)'ning rasmi

Esseksdagi Mauntfitchet qasrida Fred laqabli muloyim labrador yashaydi, deya yozmoqda Layf nashri.

Ko`ppak 10 yoshga to`lgan, lekin umri davomida uning o`z kuchukchalari bo`lmagan.

Bir kuni qasr hududida to`qqizta o`rdakchalar paydo bo`ladi. Ularni bir ko`rishda yoqtirib qolgan Fred etimchalarni o`z bag`riga oldi – o`rdakchalarning onasini tulki eb ketgandi.

“O`rdakchalar bir necha kun ichida Fredda o`rganib qolishdi. Ular haddilaridan oshishgan, hatto otalarining boshiga ham chiqib olishadi, belida sirpanchiq uchishadi. Fred ularni suvga cho`miltirgani ham olib boradi”, – deydi Fredning xo`jayini Jeremi.

Endilikda Fred va o`rdakchalar ajralmas oilaga aylandi. Jujuqchalar otalarini tinch qo`ymaydi. Ota-ko`ppakka esa ular bilan o`ynash yoqib tushgan.

    Boshqa yangiliklar