Shu yilning 27 may kechgi soat ikkilarda Dasho`g`uz viloyatini tabiiy ofat egallab oldi, deya xabar beradi mintaqadagi muxbirlar.
"Shimoliy g`arbdan soniyasiga 20 metr tezlikda esgan shamol tuz-qum bo`ronini keltirib chiqardi. Tuz paxta va g`alla dalalarini va mevazor bog`larni qamrab oldi. Ko`chalar tuz bilan qoplandi, hamma yoq oppoq tuzga burkandi. Tuz-qum bo`roni Orol tomondan keldi", - deyilgan O`zA xabarida.
Dasho`g`uz viloyati Turkmanistoning ekologiyasi yaxshi bo`lmagan mintaqasi hisoblanadi. Bu viloyatda Orol dengizining qurib borish oqibatlari kuchli seziladi. Bu mintaqada tuz-qum bo`ronlari muntazam kuzatiladi.
Tuz bo`roni yakshanba kunning ikkinchi yarmiga qadar davom etgan.
Eslatib o`tamiz, 26 may kuni Qoraqalpog`iston respublikasi va Xorazmda kuchli qo`mli bo`ron ko`tarilgan haqida xabar bergan edik.






