AQSh prezidenti Donald Tramp Tvitterdagi sahifasida Shimoliy Koreyaning porloq salohiyati haqida yozdi.
Shuningdek, Oq uy rahbari Amerika delegesiyasi va KXDR rasmiy vakillari o`rtasida muzokaralar o`tkazilishini ham tasdiqlagan o`z nomasida.
Trampning fikricha, kelgusida Shimoliy Koreya iqtisodi buyuk davlatga aylanadi. Kim Chen In ham bu borada uning fikrlariga qo`shiladi.
Avvalroq, AQSh Davlat departamenti vakili Xizer Naueret ham mamlakat delegesiyasi va KXDR rasmiy vakillari o`rtasida harbiylardan holi Pxanmunjom chegara qismida muzokara o`tkazilishi haqida ma`lum qilgan edi.
“The Washington Post” o`z manbasiga asoslanib xabar berishicha, Davlat departamentining KXDR bo`yicha sobiq maxsus vakili Son Kim boshchiligidagi Amerika delegasiyasi tarkibida AQSh Milliy xavfsizlik kengashining Janubiy Koreya bo`yicha a`zosi Elison Xuker va Mudofaa vazirining Sharqiy Osiyo masalalari bo`yicha yordamchisi Rendall Shrayverlar bor.
Eslatib o`tamiz, Vashington va Pxenyan joriy yilning 12 iyunida Singapurda AQSh va KXDR sammitini o`tkazishga kelishib olgan edi. Ammo 24 mayda Qo`shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp Pxenyan tomoni “dushmanlik ruhidagi” bayonotlar bilan chiqqanini ro`kach qilib, Kim Chen In bilan uchrashuv bekor qilingani, ammo bu kelgusida ikki davlat sammiti o`tkazilmaydi, degani emasligini ma`lum qildi. Shundan so`ng KXDR etakchisi zudlik bilan Janubiy Koreya rahbari Mun Chje bilan Pxanmunjomda uchrashdi. Bundan tashqari, Oq uy rahbari AQShning KR dagi sobiq elchisi Kim Son tarixiy sammitga tayyorgarlik ko`rish maqsadida KXDRda bo`lganini ma`lum qildi.






