AsosiyDunyo

Angliyada yo`lovchi poezdi o`z yo`nalishini yo`qotib, adashib qoldi

'Angliyada yo`lovchi poezdi o`z yo`nalishini yo`qotib, adashib qoldi'ning rasmi

Shu yilning 25 may kuni Buyuk Britaniyada Nyukasl – Reding yo`nalishi bo`yicha barcha temir yo`l reyslari qoldirildi. Sababi, Nyukasldan Redingga borishi lozim bo`lgan poezd adashib Yorkshir grafligiga borib qolgan.

Mashinist bilmasdan yo`nalishni o`zgartirib yuborgan. Mashinistning aybi bilan yuzlab yo`lovchilar manziliga etib bora olmagan. Bu vaqt ichida yo`lovchilar internet tarmoqlarida voqea haqida ma`lumotlar berishgan.

«Poezdlar ham adashib qoladi deb o`ylamagan edim», - deb yozadi yo`lovchi ayol ijtimoiy tarmoqda. Yo`lovchilardan yana biri esa Angliyaning shimolidagi g`arbiy Yorkshir hududida joylashgan Pontefrakt shahriga kelib qolganini yozgan.

Angliyaning Cross Country Trains temir yo`l xizmati bir soat ichida bu xatolikni aniqlagan va poezdni to`g`ri yo`nalishga qaytargan.

    Boshqa yangiliklar