AsosiyDunyo

Sayohatchilar Chikungunya bezgagi epidemiyasidan ogohlantirildi

'Sayohatchilar Chikungunya bezgagi epidemiyasidan ogohlantirildi'ning rasmi

Rossiyaning Turizm bo`yicha federal agentligi Hindistonda Chikungunya bezgagi tarqalgani haqida ogohlantirdi.

Agentlik Hindistonga sayohatni amalga oshirishda yordam beruvchi barcha turoperatorlarni mijozlarni epidemik vaziyatdan ogohlantirish va kasallikni oldini olish bo`yicha tavsiyalar berishga chaqirdi.

Hindiston safariga otlangan rossiyaliklarga epidemiologik vaziyatni hisobga olib, profilaktika choralarini ko`rishni tavsiya qildi.

Ma`lumotlarga ko`ra, Chikungunya bezgagi Karnataka, Gujarot, Maxarashtra viloyatlarida keng tarqalgan va kasallangan odam soni 9 ming nafarga etgan. Kelgusi oylarda kasallikning yanada keng tarqalish xavfi bor.

Chikungunya – denge va zika bezgaklari tashuvchilari Aedes aegypti va Aedes albopictus turdagi chivinlar hisoblanadi.

Kasallik alomatlarida tana haroratining 40 darajagacha ko`tarilishi, bosh og`rig`i, mushaklar va bo`g`imlarda og`riqlar kuzatiladi. Inson hayoti uchun xavfli asoratlar qoldirmasa-da, keksalar va immuniteti past insonlarga tez yuqadi.

Chikungunya bezgagi muolajasi uchun mahsus virusga qarshi preparatlar mavjud emas.

    Boshqa yangiliklar