AsosiyMadaniyat

Buxoroda «Ipak va ziravorlar» festivali bo`lib o`tdi (foto)

'Buxoroda «Ipak va ziravorlar» festivali bo`lib o`tdi (foto)'ning rasmi

Buxoro viloyatida uch kun davomida XVII an`anaviy «Ipak va ziravorlar» festivali bo`lib o`tdi. Festivalga 300 mingdan ortiq kishi tashrif buyurdi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligining matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirlarga tashrif buyurgan xorijlik mehmonlar soni 3,5 mingdan oshdi.

Festivalning yopilish marosimi Buxoroning Ark qo`rg`oni oldidagi Registon maydonida bo`lib o`tdi. Tadbirda Buxoro viloyati hokimi, Oliy Majlis Senati a`zosi O`ktam Barnoev ishtirok etdi.

Shodmon Sulaymon ssenariysi asosida rejissyor Rauf Avezov tomonidan sahnalashtirilgan konsert dasturida san`atkorlar Zulayxo Boyxonova, Alisher Turdiev (Fayz), Hosila Rahimova, Sevinch Mo`minova, Ziyoda, VIA «Sharq» guruhi ishtirok etdi.




    Boshqa yangiliklar