AsosiySport

Amerikalik MMA jangchisi Jeff Monson Rossiya fuqaroligini oldi

'Amerikalik MMA jangchisi Jeff Monson Rossiya fuqaroligini oldi'ning rasmi

Aralash qoidalar bo`yicha amerikalik mashhur sportchi Jeff Monson Rossiya pasportiga ega bo`ldi.

Yaqinda professional sportchilik faoliyatini yakunlagan Monson tez orada Rossiyada bolalar sportini rivojlantirish maqsadida ish boshlamoqchi. Aynan shu sabab u Rossiya fuqaroligini oldi, deb yozadi Olamsport nashri.

“1971 yilning 18 yanvar kuni AQShda dunyoga kelgan Monson Jeffri Uilyamsga Rossiya Federasiyasi fuqarosi maqomi berilsin”, - deyiladi Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin tomonidan imzolangan Qarorda.

RF Prezidenti Qarori kecha imzolangandi. Bugun esa bu haqdagi me`yoriy hujjat Davlat portalida e`lon qilindi.

    Boshqa yangiliklar