Xabaringiz bor, avval xabar berganimizdek, 2018 yilning 6-8 iyun kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida “O`zbekiston madaniy merosi-xalqlar va mamlakatlar o`rtasidagi muloqotga yo`l” Ikkinchi Xalqaro Kongressi bo`lib o`tadi.
Kongress ishtirokchilari bu borada o`z fikrlarini bildirdilar.
Sedov Aleksandr Vsevolodovich, Davlat sharq muzeyi direktori, tarix fanlari doktori, (Moskva, Rossiya Federasiyasi):
— 2017 yilning may oyida Toshkent va Samarqand shaharlarida o`tkazilgan “O`zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o`rtasida muloqotga yo`l” mavzusidagi I Xalqaro Kongress jahon ilmiy jamoatchiligining O`zbekistonning boy madaniy merosiga bo`lgan katta qiziqishini namoyish etdi. Muzey, kutubxona va ilmiy muassasalarda o`ta ehtiyotkorlik bilan saqlanayotgan, taniqli sharqshunos, tarixchi va arxeologlar tomonidan o`rganilayotgan O`zbekiston tarixi va madaniyatiga oid yodgorliklar nafaqat tadqiqotchilar, balki keng jamoatchilikning chuqur va samimiy qiziqishini uyg`otmoqda.
O`ylaymanki, Sankt-Peterburgda “O`zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o`rtasida muloqotga yo`l” mavzusidagi IIXalqaro Kongressni o`tkazish ham O`zbekiston tarixiy-madaniy merosini keng targ`ib qilishga ulkan imkoniyat yaratadi. O`zbek xalqining intellektual merosi va an`analarini asrab-avaylash, ko`paytirish va ommalashtirishga, xorijda mamlakatning ijobiy imijini shakllantirishga hamda O`zbekistonning boy sayyohlik salohiyatini namoyon etishga xizmat qiladi.
Doktor Dagmar Pospishilova – kolleksiyalar bo`limi kuratori, Milliy muzey – Naprsteka muzeyi, Praga (Chexiya Respublikasi):
— Har qanday millatnin gyorqin ranglar va mohir hunarmandlari ishqibozlarini jalb etuvchi madaniy merosi xuddi O`zbekiston madaniy merosi bo`lgani kabi noyobdir. Pragadagi bizning Milliy muzeyimizda O`zbekiston madaniy merosiga oid eng yaxshi an`analarini aks ettiruvchi 400dan ziyod artefaktlardan iborat ajoyib kolleksiya saqlanmoqda. Bizning muzeyda saqlanayotgan kolleksiyani boshqa xorijiy davlatlarda saqlanayotgan o`zbek kolleksiyalari bilan bog`lash imkoniyati yaratilganidan hamda bu o`ziga xos merosni o`rganishga o`z hissmizni qo`shayotganimizdan xursandmiz.
Aleksandr Vilgelm - «Mueller & Schindler» nashriyot uyining marketing va rivojlanish bo`yicha vise-prezidenti:
— Men ushbu muhim tadbirda ishtirok etayotganim uchun kompaniyamiz nomidan samimiy minnatdorchiligimni izhor qilishni istardim. Ishonchim komilki, Xalqaro miqyosda o`tkazilayotgan bu noyob loyiha o`zbek xalqining buyuk merosini o`rganish, bu noyob merosni asrab-avaylash va uni kelajak avlod uchun saqlab qolish, o`zbek xalqining boy tarixini xalqaro tushunish darajasini oshirishga va shu bilan birga xalqlar o`rtasida hamfikrlikni yuzaga keltirishga katta hissa qo`shadi. Ushbu loyihaning barcha ishtirokchilariga jahon madaniy muloqotini qo`llab-quvvatlashga qushgan hissasi uchun minnatdorchilik bildiraman.
Eslatib o`tamiz, Kongress O`zEOAVMA va O`zbekiston OAV lari tomonidan “O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” Xalqaro multimedia loyihasi doirasida bo`lib o`tadi. Mazkur kongressda 200 nafardan ortiq olimlar, ekspertlar, diplomatlar, davlat va jamoatchilik arboblari, xalqaro tashkilotlar, 30 dan ortiq davlatlarning OAV vakillari ishtirok etishadi. Kongress ishiga O`zbekiston. Avstriya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Eron, Rossiya, Polsha. Fransiya, Turkiya, Chexiya, Shvesiya, Yaponiya va yana bir qancha mamlakatlar yirik muzeylarining diretorlari, rahbarlari, YuNESKO, ISESCO, IRSICA, ICOMOS vakillari, dunyoga mashhur akademiklar, professorlar, fan doktorlari jalb etiladi.
Mazkur anjuman tafsilotlarini saytimiz orqali yoritib boramiz.