AsosiyDunyo

Yamanliklarning kichik Haj safarini bajarishlariga ruxsat berildi

'Yamanliklarning kichik Haj safarini bajarishlariga ruxsat berildi'ning rasmi

Saudiya Arabistoni hukumati Yamandagi qurolli mojarolar sababli uch yildan buyon buni ta`qiqlagan edi.

Turkiyaning Onado`li agentligi xabar berishicha, endilikda Yaman fuqarolarini Umra – kichik Haj safarini amalga oshirish maqsadida tashrif buyurishlariga ruxsat etildi.

Ma`lum qilishlaricha, ushbu ruxsatni shaxsan Saudiya Arabistoni Podshohi tasdiqlagan.

Eslatib o`tamiz, Yamanda isyonchi husiychilar (shialarning «Ansarulloh» qo`zg`olonchi harakati), Yamanning sobiq prezidenti Ali Abdulla Solih tarafdorlari hamda Yamanning amaldagi prezidenti Abdu Rabo Mansur Hodi hukumat qo`shini o`rtasidagi qurolli mojarolar 2014 yildan buyon davom etib kelmoqda.

    Boshqa yangiliklar