AsosiyDunyo

Tarixiy sammitga tayyorgarlik avjida: “Qora ro`yxat”dagi Shimoliy koreyalik amaldorga AQShga kirishga ruxsat berildi

'Tarixiy sammitga tayyorgarlik avjida: “Qora ro`yxat”dagi Shimoliy koreyalik amaldorga AQShga kirishga ruxsat berildi'ning rasmi

Shimoliy Koreya Mehnat partiyasi amaldori Kim Yon Chxol bugun Pekin orqali AQShga tashrif buyuradi.

“Yonhap”ning yozishicha, KXDRning yuqori darajadagi amaldori AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo bilan Nyu-Yorkda uchrashib, ikki davlat sammitiga so`nggi tayyorgarlik masalasini muhokama qilishi lozim.

AQSh davlat kotibi matbuot xizmati rahbari Xezer Nauert jurnalistlar bilan muloqotda ham Nyu-Yorkda bo`lajak uchrashuvga oid ma`lumotni tasdiqlagan. Uning so`zlariga ko`ra, garchi mamlakat moliya vazirligi Kim Yon Chxolni Pxenyanning yadro qurol ishlab chiqarishga oid harakatlarida aloqador sanab, sanksiyaga tushirgan bo`lsada, ikki davlat sammitiga tayyorgarlik vajidan KXDR amaldorining nomi “qora ro`yxat”dan istisno tariqasida chiqarilgan. Shu boisdan Kim Yon Chxolga mamlakatga kirishga ruxsat berildi.

“The Washington Post”ning ma`lum qilishicha, Kim Yon Chxol Maykl Pompeo bilan birinchi marta yuzma-yuz muloqot qilayotgani yo`q. Ular joriy yilning so`nggi oylarida ham Pxenyanda uchrashgan bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar