1

Mo`ynoq “kemalar qabristoni”da “Stixiya” abstrakt elektron musiqa festivali bo`lib o`tadi

Madaniyat 30.05.2018, 23:03
Mo`ynoq “kemalar qabristoni”da “Stixiya” abstrakt elektron musiqa festivali bo`lib o`tadi

14 sentyabr kuni Mo`ynoq “kemalar qabristoni”da “Stixiya" abstrakt elektron musiqa festivali bo`lib o`tadi.

Qo`mitaning matbuot xizmati xabar berishicha, festivalning maqsadi – Orol dengizi muammosi haqida jahon hamjamiyatining xabardorligini oshirish, oqilona suv iste`molini kuchaytirish.

Festivalda ishtirok etish bepul. Keyingi festivallar viloyatni rivojlantirish uchun xayriya mablag`larini yig`ishga qaratiladi.

Ochilish marosimida kemalar qabristoniga safar tashkil etiladi, ishtirokchilar tuz kareralari va mahalliy o`lkashungslik muzeyiga tashrif buyurishlari mumkin.

Festival sahnasi yodgorlik o`rnatilgan maydonda joylashgan. Ovoz dengiz tomon yo`naltiriladi. Soat 18:00 da “tovushli sayohat” boshlanadi va bu taxminan 10 soat davom etadi.

Ertasi kuni ishtirokchilar Nukusga tashrif buyurishadi. Unda shahar bo`ylab yurib, jahonga mashhur I. Saviskiy nomidagi davlat san`at muzeyiga tashrif buyurish mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1