Futbol bo`yicha navbatdagi jahon chempionatining rasmiy qo`shig`ini kim ijro etishi ma`lum bo`ldi, deya ta`kidlamoqda Shampionat.com nashri.
Qo`shiqni amerikalik aktyor, xip-xop ijrochi Uill Smit hamda Niki Jem, shuningdek, albaniyalik qo`shiqchi Era Istefi va amerikalik musiqachi Diplo kuylaydigan bo`ldi.
Jahon chempionatining matchlari Moskva, Sankt-Peterburg, Kaliningrad, Nijniy Novgorod, Volgograd, Qozon, Samara, Saransk, Rostove-na-Donu, Sochi va Ekaterinburgdagi stadionlarda bo`lib o`tadi.






