AsosiyDunyo

Nazarboev Qozog`iston Xavfsizlik kengashini umrbod boshqaradigan bo`ldi

'Nazarboev Qozog`iston Xavfsizlik kengashini umrbod boshqaradigan bo`ldi'ning rasmi

Bugun Qozog`iston parlamenti “Qozog`iston Respublikasi Xavfsizlik kengashi to`g`risida”gi qonunni qabul qildi. Unga ko`ra mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboev o`z mamlakati Xavfsizlik kengashiga umrbod rahbarlik qiladi.

Qayd etilishicha, yangi hujjatga ko`ra Qozog`iston Xavfsizlik kengashi ichki siyosiy barqarorlikni saqlash, konstitusiyaviy tuzum, respublika mustaqilligi, hududiy yaxlitligi va xalqaro maydonda milliy manfaatlarini himoya qilish maqsadida “Qozog`istonning milliy xavfsizligi va mudofaa qobiliyatini ta`minlash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishni muvofiqlashtiradi”.

Joriy yilning fevral oyida Qozog`iston adliya vaziri prezident Nazarboevning mamlakat Xavfsizlik kengashiga umrbod rahbarlik qilish huquqi o`tgan 2017 yildagi konstitusiyaviy islohotlar doirasida qabul qilinganligini ma`lum qilgan edi.

Senat ma`qullagandan so`ng “Qozog`iston Respublikasi Xavfsizlik kengashi to`g`risida”gi qonun to`liq qabul qilingan hisoblanadi va davlat rahbariga imzo chekish uchun jo`natiladi.

    Boshqa yangiliklar