1

O`zbekistonda «Bolajonlar-shirintoylar» moda festivali boshlandi

Madaniyat 31.05.2018, 13:42
O`zbekistonda «Bolajonlar-shirintoylar» moda festivali boshlandi

Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida «Bolajonlar-shirintoylar» an`anaviy bolalar moda festivali boshlandi. Bu haqda «Xalq so`zi» xabar berdi.

Tadbir 1 iyun—Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan «Osiyo ramzi» O`zbekiston dizaynerlar va modelerlar uyushmasi tomonidan tashkil etildi.

Festivalning birinchi kunida sohada ta`lim olayotgan talaba-yoshlar, yosh dizaynerlar, bolajonlar va ularning ota-onalari uchun mahorat saboqlari o`tkazildi.

Mutaxassislar tomonidan olib borilgan darslarda ishtirokchilar liboslar uchun mato tanlash, materiallarga qo`l mehnati yordamida bezak berish, bolajonlarni «Fashion show»larda ishtirok etishga tayyorlash va ularning sifatli pardoz-andozi haqida zarur ma`lumotlarga ega bo`ldi.

Shuningdek, festival davomida taniqli dizaynerlar bilan uchrashuvlar, modalar namoyishi, ishtirokchilarni taqdirlash marosimi va gala-konsert tashkil etiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1