AsosiyDunyo

OAV: KXDR AQShga qat`iy talablar qo`yadi

'OAV: KXDR AQShga qat`iy talablar qo`yadi'ning rasmi

Shimoliy Koreya tomoni AQSh va KXDR sammitiga tayyorgarlik oldidan Vashingtondan diplomatik aloqalarni yo`lga qo`yish va sanksiyalarni olib tashlash borasida “qat`iy talablar” qo`yadi.

"Chunan Ilbo" (Janubiy Koreya) gazetasining yozishicha, AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo va KXDR Mehnat partiyasi raisi o`rinbosari Kim Yon Chxol bilan uchrashuvi muvaffaqiyatli o`tsa, Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalar bekor qilinib, ikki davlat o`rtasida diplomatik aloqalar yo`lga qo`yilishi ehtimoli ham bor.

"Chunan Ilbo"ning nomi oshkor etilmagan suhbatdoshining so`zlariga ko`ra ikki davlat rasmiylarining o`zaro muloqotida KXDR AQShga boshqa talablarni ham qo`yadi. Ya`ni Pxenyan Vashingtondan Koreya yarim orolida Qo`shma Shtatlarning muhim strategik ob`ektlarini joylashtirishni to`xtatishni hamda amerikalik va Janubiy koreyalik harbiylarning “Ulchi-Freedom Guardian” mashg`ulotlarini bekor qilishni so`raydi.

Eslatib o`tamiz, avvalroq xorijiy OAV Nyu-Yorkda AQSh davlat kotibi va KXDR Mehnat partiyasi raisi o`rinbosari o`rtasida muloqot bo`lib o`tishi haqida xabar bergan edi.

    Boshqa yangiliklar