Farzand insonga beriladigan eng buyuk ne`mat. Ota-ona bu damni orziqib kutadi. Bu yil bunday ulkan baxtga muyassar bo`lgan shou-biznes vakillari xam ko`p bo`ldi.
Oybek va Nigora
Yulduzli oilada 26 may kuni ikkinchi bor ota-onalik baxtiga musharraf bo`ldilar. Ularning xonadonida ikkinchi o`g`il farzand dunyoga keldi.
Abdurashid Toshmatov
VIA «Marokand» guruhining a`zosi Abdurashid Toshmatov qiz farzandli bo`ldi.
Laylo Galieva
«Setora» guruhi ilk tarkibi a`zosi Leyli fevral oyida ikkinchi bor onalik baxtiga muyassar bo`ldi. U qiz farzandni dunyoga keltirdi.
Muhammadali Yuldashev
Rejissyor Zebo Navruzovaning kenja o`g`li Muhammadali ham bu yil otalik baxtiga muyassar bo`ldi. Uning xonadonida o`g`il farzand dunyoga keldi.
Gulchehra Sharopova (Eshonqulova)
Taniqli aktrisa ham bu yil ikkinchi bor onalik baxtiga erishdi. AQShda istiqomat qilayotgan aktrisa qiz farzandli bo`ldi.