Poytaxtimizda an`anaviy “Toshkent bahori-2018” shaxmat turniri nihoyasiga etdi.
Odatga ko`ra shaxmat ixlosmandlari ikki guruhga bo`lingan holda bellashdi. “A” guruhida mazkur sohaning hadisini olgan, tajribali 49 nafar shaxmatchi dona surgan bo`lsa, “B” guruhida endi shaxmat olamiga kirib kelayotgan 58 nafar yosh iqtidor egalari mahoratini sinovdan o`tkazdi.
9 tur davom etgan bahslardan so`ng, Barchinoy Shokirjonova, Sitora Saparova, Islombek Sindarov, Alixon Avazxonov, Alibek Azimov, Jahongir Omonov, Tohir Ne`matov, Rabbim Umarov, Behzod Maxramov, Xumoyun Bekmuratov g`oliblik shohsupasining eng yuqori pog`onasidan o`rin egalladi.
G`olib va sovrindorlar diplom hamda estalik sovg`alari bilan taqdirlandi.






