1

"O`zbekiston obidalaridagi bitiklar" Rossiya muzeylariga taqdim etiladi

Madaniyat 31.05.2018, 17:17
"O`zbekiston obidalaridagi bitiklar" Rossiya muzeylariga taqdim etiladi

Buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan me`moriy obidalarning aksariyati vaqt suronlarini engib, bugungi kungacha etib keldi. Bugun ham millionlab insonlar, shu jumladan, dunyoning turli hududlaridan tashrif buyurayotgan sayyohlarda qayta-qayta “ular nima haqida so`zlaydi, buyuk ajdodlarimiz yozib qoldirgan bitiklarda qanday ma`nolar yashirin?” singari savollar tug`ilishi tabiiy.

“Zamon-Press-Info” nashriyot uyi tomonidan “O`zbekiston obidalaridagi bitiklar” turkumida nashr etilgan kitob-albomlar ana shu sirlarni qayta kashf etishda muhim ahamiyatga ega.

“O`zbekiston obidalaridagi bitiklar” nomi ostida jami 25 jildli kitob-albomlar turkum-loyihasi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 6 apreldagi Qarori asosida amalga oshirilmoqda.

“O`zbekiston obidalaridagi bitiklar” loyihasi doirasida hukumat va jamoat tashkilotlari ko`magida mamlakatimizdagi me`morchilik obidalaridagi bitiklarni o`rganish va umumlashtirish, turkum kitob-albomlar ko`rinishida taqdim etish bo`yicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Bungacha biror-bir musulmon mamlakatida ana shunday ishlarga qo`l urilmagan.

Ayni paytda Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi qadimiy me`moriy obidalardagi epigrafik matnlarni o`qish va ularni tarjima qilish bo`yicha boy tajribaga ega mutaxassislardan tarkib topgan ijodiy guruh tashkil etildi.

O`tgan yillar davomida Qoraqalpog`iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Navoiy, Namangan, Surxondaryo, Farg`ona, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlari, Xiva va Toshkent shaharlari, shuningdek, Samarqandning ikki yirik tarixiy me`moriy majmuasi – Registon va Shohi Zinda bitiklariga bag`ishlangan jami 13 ta kitob-albom taqdim etildi.

O`tgan yili “O`zbekiston obidalaridagi bitiklar” loyihasining 3250 dona kitob-albomini o`z ichiga olgan 250 ta to`plamni ilmiy-ta`lim muassasalari, milliy va jahon kutubxonalari hamda muzeylar vakillari, diplomatik missiyalar rahbarlariga hadya sifatida taqdim etishga bag`ishlangan ilmiy-ma`rifiy aksiya o`tkazildi.

6-8 iyun kunlari Sankt-Peterburgda o`tkaziladigan “O`zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o`rtasidagi muloqotga yo`l” Ikkinchi xalqaro kongressi doirasida Rossiyadagi bir qator muzeylar, ilmiy muassasalarga “O`zbekiston obidalaridagi bitiklar” kitob-albomlar to`plamini beg`araz taqdim etish ko`zda tutilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1