AsosiyDunyo

Operasiya payti raqsga tushgan jarroh sudlanadi (Video)

'Operasiya payti raqsga tushgan jarroh sudlanadi (Video)'ning rasmi

Jorjiya shtatidan bo`lgan Vindell Devis Boutte operasiya paytida o`zini qanday tutgani aks etgan videoni internet tarmog`iga joylashtirgach, o`z obro`sini yo`qotdi, deya ta`kidlamoqda Layf nashri.

Vindell bemorni operasiya qilayotgan mahal xip-xop musiqasiga raqsga tushgan.

Bemor Iklima Kornelius (55 yoshda bo`lgan) qornini operasiya qildirayotgan payt jarrohning musiqa sadosi ostida raqsga tushib, qo`lidagi skalpelni ko`rib qo`rqqan. Ustiga ustak, anesteziya uchun noto`g`ri preparat ham tanlangan ekan.

Oqibatda bemor nogiron bo`lib qoldi. U gapirolmay qolgan.

Hozirda jarrohga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar