AsosiyDunyo

Shimoliy va Janubiy Koreya rasmiylari yana muzokara o`tkazmoqda

'Shimoliy va Janubiy Koreya rasmiylari yana muzokara o`tkazmoqda'ning rasmi

Bugun betaraf hudud Pxanmunjonda Shimoliy va Janubiy Koreya davlatlari rasmiylarining muzokaralari boshlandi.

Muzokarada KXDR delegasiyasi 2000 yildagi Janub va Shimolning ilk tarixiy sammiti sharafiga va Keson shahrida ikki xalqning muloqot punktini ochishga bag`ishlangan qo`shma tadbirlarni o`tkazishni taklif etgan.

Qayd etilishicha, hozirda muzokaraning birinchi qismi tugagan. Milliy birlashuv ishlari vaziri Cho Myon Gyun (Janubiy Koreya) va mamlakatni tinch yo`l bilan birlashtirish qo`mitasi raisi Li Son Gvon (Shimoliy Koreya) boshchiligidagi delegasiyalar kunning ikkinchi yarmida yana uchrashadi.

Eslatib o`tamiz, kecha Nyu-Yorkda AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo va KXDR Mehnat partiyasi raisi o`rinborasi Kim Yon Chxol o`rtasida muloqot bo`lib o`tdi. Ma`lum bo`lishicha, bugun Shimoliy Koreyaning rasmiy vakili Qo`shma Shtatlar prezidenti Donald Trampga Kim Chen Inning maktubini topshiradi.

    Boshqa yangiliklar