1

"Ikkinchi xalqaro kongresi O`zbekiston madaniy hayotida ulkan hodisa bo`lishi kutilmoqda"

Madaniyat 01.06.2018, 15:42
"Ikkinchi xalqaro kongresi O`zbekiston  madaniy hayotida ulkan hodisa bo`lishi kutilmoqda"

2018 yilning 6-8 iyun kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida “O`zbekiston madaniy merosi-xalqlar va mamlakatlar o`rtasidagi muloqotga yo`l” Ikkinchi Xalqaro Kongressi bo`lib o`tishi haqida xabar bergan edik...

Ushbu muhim tadbir haqida ishtirokchilar o`z fikrlarini bildirishmoqda...


Vasila Fayzieva, O`zbekiston davlat san`at muzeyi direktori:

— “O`zbekiston madaniy merosi xalqlar va mamlakatlararo muloqotga yo`l” ikkinchi xalqaro kongresi O`zbekiston tarixida, jumladan, muzeyimiz tarixida ham ulkan hodisa bo`lishi kutilmoqda. Ushbu loyihada muzeyimiz maxsus kitob-albom bilan ishtirok etyapti. Kitob-albom O`zbekiston davlat san`at muzeyining yuz yilligiga bag`ishlanadi. Ushbu kitobdan madaniyatimizga xos amaliy san`at, hunarmandchilik, Markaziy Osiyo yodgorliklariga bag`ishlangan bo`limlar o`rin olgan. Shuni alohida qayd etishim kerakki, ushbu to`plamning yaratilishida loyiha tashkilotchilari, muzeyimiz xodimlari va O`zbekistonda shu sohada faoliyat olib boradigan barcha yirik mutaxassislardan tashkil topgan juda katta jamoaning mehnati singdi.

Ushbu loyihani amalga oshirishda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Madaniyat va san`at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to`g`risida» gi qarorini ijrosiga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining “ 2017-2027 yillarda davlat muzeylarini takomillashtirish va moddiy texnik bazasini mustahkamlash bo`yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to`g`risida” qarorlarining ahamiyati katta bo`ldi deb aytishim mumkin.

Meni quvontirgan yana bir narsa, loyiha muzeyimiz faoliyatini yoritish va uni dunyoga tanitish uchun imkoniyat eshiklarini ochdi. Chunki kitob-albomdan o`rin olgan sahifalarda muzeyimiz faoliyati batafsil yoritib berilgan. Men ushbu loyihani amalga oshirishda boshchilik qilayotgan O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan jurnalist, “O`zbekiston madaniy merosi” loyihasi rahbari va muallifi Firdavs Fridunovich Abduxalikovga, Uzbekiston FA akademigi, tarix fanlari doktori, professor, Edvard Vasilevich Rtveladzega hamda Rossiyadagi ushbu tashabbus ko`makchilari bo`lgan barcha hamkasblarimga minnatdorchilik bildiraman.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1