1

Bahrom Shomsutlinov: "Mehmonlar bizdan xursand bo`lishiga shubham yo`q!"

Madaniyat 01.06.2018, 16:08
Bahrom Shomsutlinov: "Mehmonlar bizdan xursand bo`lishiga shubham yo`q!"

6-8 iyun kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o`tkaziladigan “O`zbekiston madaniy merosi — xalqlar va mamlakatlar o`rtasidagi muloqotga yo`l” Ikkinchi Xalqaro Kongressi doirasida ishtiroklar uchun o`zbek milliy tamolari ham tortiq etiladi. Bu borada mas`ul, O`zbekiston oshpazlar Assosiasiyasi rahbari, Bahrom Shomsutlinov shunday deydi:

— Kongress ishtirokchilarini o`zimizning mazali milliy taomlarimiz — sharqona somsa, to`yimli o`zbekona sho`rva, va albatta, osh orqali hayron qoldirmoqchimiz. Osh tayyorlash uchun bizga qozon, o`choq va tabiiy olov tashkil qilib berishmoqda. Shuningdek, achiqchuchuk va zamonaviy salatlar tayyorlanadi. Shirinliklardan esa sharqona paxlava pishirish rejalashtirilgan. Xullas, mehmonlar bizdan hursand bo`lishiga shubham yo`q!

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1